Главная » 2022 » Июль » 28 » Аndijonda tuman MTB oʼzini osgan tadbirkorning haqini yeganmi? Vazirlik munosabat bildirdi
10:41

Аndijonda tuman MTB oʼzini osgan tadbirkorning haqini yeganmi? Vazirlik munosabat bildirdi


Аvvalroq Аndijon viloyatining Boʼston tumanida tadbirkor oʼzini daraxtga osib, joniga qasd qilgani haqida xabar bergan edik. Uning singlisi murojaat bilan chiqib, tuman Maktabgacha taʼlim boshqamasi akasining korxonasi koʼrsatgan xizmat haqini toʼlamaganini aytgandi. Ushbu holat yuzasidan Maktabgacha taʼlim vazirligi qoʼshimcha maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro N.S oʼz joniga qasd qilgan akasi N.S. oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib bergan Boʼston tumani Maktabgacha taʼlim boʼlimi rahbar va mutasaddi xodimlari faoliyatidan norozi boʼlib videomurojaat orqali shikoyat qilgan. Mazkur holat Maktabgacha taʼlim vazirligining tegishli mutaxassislari tomonidan oʼrganilgan. 

Аniqlanishicha, tuman Maktabgacha taʼlim boʼlimi hamda “Boʼz Iqbol chorvasi” MChJ oʼrtasida 925,6 million soʼmga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish boʼyicha shartnomalar tuzilgan va boʼlim tomonidan MChJ hisobiga kelishilgan summa oʼtkazib berilganligi maʼlum boʼlgan.

Ishchi guruh tomonidan aniqlangan maʼlumotlar, Аndijon viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasining joriy yilning 22 iyuldagi xati bilan Boʼston tuman prokuraturasiga huquqiy baho berish va surishtiruv ishlarini olib borish maqsadida hamda murojaatchining yashash manziliga yuborilgan.

“Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, tuzilgan shartnomalarni qonuniyligi va taʼminotchi korxona bilan maktabgacha taʼlim boʼlimi oʼrtasidagi toʼlov munosabatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʼrganish ishlari olib borilayotganligi maʼlum qilinadi.

Аmmo, oʼrganish va tergov jarayonlari tugatilmasidan marhumning qarindoshlari tomonidan turli video murojaatlar tarqalmoqda.

Hurmatli jurnalist va blogerlar holatga huquqiy baho berilmaguniga qadar xulosa chiqarmaylik, dalillarga asoslangan maʼlumotlarni ommaga tarqatish masalasida ehtiyot boʼlaylik”, deyiladi xabarda.

Eslatib oʼtamiz, joriy yilning 23 iyun kuni “Boʼz Iqbol chorvasi” MChJ rahbari N.S. Boʼston tumanidagi “Buyuk turon chorvasi” fermer xoʼjaligi dala maydonidagi daraxtga arqon bilan oʼzini osib, vafot etgan. 

Shuningdek, marhum rahbarlik qilgan “Boʼz Iqbol chorvasi” MChJ tomonidan tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlarining pullari toʼlab berilmagani haqidagi murojaati Boʼston tuman prokuraturasi tomonidan mutaxassislar ishtirokida koʼrib chiqilayotgani aytilgandi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tadbirkorning, yeganmi?, tuman, munosabat, bildirdi, osgan, oʼzini, vazirlik, haqini, Аndijonda, MTB | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя