Главная » 2022 » Ноябрь » 17 » Amazon birdaniga 10 ming ishchisini bo‘shatmoqchi
18:04

Amazon birdaniga 10 ming ishchisini bo‘shatmoqchi


Dunyodagi eng yirik internet do‘koni Amazon loyihalashtirish bo‘limidagi baʼzi ishchilarini bo‘shatdi. Kompaniya chakana savdo va inson resurslari bo‘limini qo‘shib hisoblaganda, jami 10 mingga yaqin ishchisi bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar bermoqda.

Amazon'ning ijrochi direktori Deyv Limp o‘z blogida kompaniya loyihalar bo‘limidagi jamoalarni birlashtirishga qaror qilganini aytgan.

“Biz noodatiy va noaniq makroiqtisodiy muhitga duch kelishda davom etmoqdamiz. Shuni hisobga olgan holda, Biz so‘nggi bir necha oy ichida mijozlarimiz va biznesimiz uchun eng muhim bo‘lgan narsalarga ahamiyat berish ustida ishlamoqdamiz”, degan Deyv.

Agar Amazon'ning ish joylarini qisqartirish borasidagi rejasi amalga oshadigan bo‘lsa, kompaniyaning ishchilari soni 3 foizga qisqaradi. Hozirda kompaniyada taxminan 300 ming kishi ishlaydi.

Amazon dunyodagi eng ko‘p ish o‘rni yaratuvchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Ammo texnologiya sekotridagi pasayishlar dunyoning eng yirik internet do‘koniga ham taʼsir qildi. 

Eslatib o‘tamiz, Meta korporatsiyasi asoschisi Mark Sukerberg ham 11 ming ishchini ishdan bo‘shatgan edi. Shuningdek, dunyoning eng boy odami Ilon Mask Twitter'ni sotib olgach, kompaniyaning xodimlarini qisqartirishini maʼlum qilgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: bo‘shatmoqchi, ming, Amazon, birdaniga, ishchisini, 10 | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя