Главная » 2022 » Август » 23 » Afg‘oniston harbiylari Surxondaryodagi orolni egallab olgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
11:25

Afg‘oniston harbiylari Surxondaryodagi orolni egallab olgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi


Kecha, 21 avgust kuni Surxondaryo viloyatidagi “Payg‘ambar oroli” hududida 24 nafar Afg‘oniston fuqarosi davlat chegarasini buzib o‘tdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hududida bir guruh Afg‘oniston fuqarolari davlat chegarasini buzib, o‘z qayiqlarida yuqorida qayd etilgan orol tomon harakatlangani ko‘ringan.

Hududga yetib kelgan O‘zbekiston chegarachilariga ular qarshilik ko‘rsatgan.

Olib borilgan tezkor tadbir natijasida O‘zbekiston davlat chegarasini buzganlarning barchasi (jami 24 nafar) shaxsini aniqlash va tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish maqsadida qo‘lga olingan.

O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, chegaradagi hodisaga O‘zbekistonning chegara zonasida ko‘p miqdorda o‘sadigan qizilmiya ildizining noqonuniy ravishda olib o‘tilishi sabab bo‘lgani aniqlangan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Voqealar Rivoji | | Теги: Surxondaryodagi, bildirildi, munosabat, xabarlarga, olgani, egallab, Afg‘oniston, harbiylari, haqidagi, orolni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя