Главная » 2022 » Октябрь » 27 » “Abu-Saxiy”dagi ko‘pqavatli avtoturargohda avtomobil yonib ketdi
18:10

“Abu-Saxiy”dagi ko‘pqavatli avtoturargohda avtomobil yonib ketdi


Joriy yilning 27-oktyabr kuni taxminan soat 6:52 larda “Tashkent trade center” (“Abu-Saxiy”) savdo markazi hududida joylashgan ko‘p qavatli avtoturargohning 5-qavatida avtoulovining dvigatel qismida texnik nosozlik sababli qisqa tutashuv bo‘lgan. Natijada, avtoulovning kapot ostidagi elektr simlarida yong‘in kelib chiqqan.

Qayd etilishicha, mazkur holat korxona yong‘in xavfsizligini ta’minlash xodimlari tomonidan soat 7:10 larda bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida hech kimga tan jaroxati yetmagan, shuningdek, bino va atrofdagi boshqa avtoulovlarga ham zarar yetkazilmagan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Saxiydagi, ko‘pqavatli, avtomobil, KETDI, avtoturargohda, yonib, Abu | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя