Главная » 2022 » Сентябрь » 6 » 7 oyda 6,1 mlrdlik yo‘llar “qo‘l uchida” taʼmirlangani aniqlandi
12:34

7 oyda 6,1 mlrdlik yo‘llar “qo‘l uchida” taʼmirlangani aniqlandi


Joriy yilning 7 oyi davomida yo‘llarda 139 ta holat bo‘yicha qariyb 6 mlrd 132 mln. so‘mlik qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilgan. Bu haqda AOKAda Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi Matbuot kotibi Komiljon Shamsiddinov maʼlum qildi.

“O‘zyo‘linspeksiya” tomonidan joriy yilning yanvar-iyul oylarida davomida – yo‘l qurilishi obʼektlari, sunʼiy inshootlar (yaʼni ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar) hamda yo‘l-qurilish materiallari ishlab chiqarishda normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi o‘rganilib, 3155 ta obʼektda nazorat o‘tkazilgan.

Natijada 5846 ta qoida buzilish holatlari aniqlanib, ularni bartaraf etish uchun buyurtmachi, pudratchi, loyihachi va saqlovchi tashkilotlarga – 3590 ta bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan. 3026 ta ko‘rsatmadagi qoida buzilishlar bartaraf etilgan. Qolgan 564 ta ko‘rsatmaning ijrosi ham qatʼiy nazoratga olingan.

Inspeksiya tomonidan yetti oy ichida 139 ta holat bo‘yicha umumiy summasi qariyb 6 mlrd 132 mln so‘mlik sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmini to‘lovdan chiqarish bo‘yicha buyurtmachilarga talabnomalar kiritilgan. Shundan 4 mlrd 203 mln so‘mlik 92 ta talabnoma ijrosi taʼminlangan. Yaʼni shuncha miqdorga baholangan, lekin amalda sifatsiz bajarilgan qurilish va taʼmir ishlari pudratchilar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan meʼyoriy hujjatlar talablari asosida qaytadan bajarilgan.

Darvoqe, yo‘l qurilish obʼektlarida qo‘pol qoidabuzilishlarga yo‘l qo‘ygan va davlat inspektorlari tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni muddatida bartaraf etmagan mansabdor shaxslarga nisbatan “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 99- va 147-moddalariga ko‘ra 134 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilgan. 120 ta bayonnoma bo‘yicha 175 mln 410 ming so‘mlik jarima qo‘llangan.

7 oy davomida buyurtmachi korxonalar 133 ta tugallangan obʼektni foydalanishga qabul qilish uchun “O‘zyo‘linspeksiya”ga murojaat qilgan. Komissiyaga taqdim etilgan obʼektlarning yarmidan ko‘pi (aniqrog‘i, 79 tasi) “O‘zyo‘linspeksiya”ning hududiy davlat inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganda, ularda loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan ishlar to‘liq bajarilmagani, ko‘plab kamchiliklar mavjudligi, ayrim ishlar umuman sifatsiz bajarilgani aniqlangan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: taʼmirlangani, qo‘l, aniqlandi, uchida, mlrdlik, oyda, yo‘llar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz