16:12 1 milliardga yaqin odam baland musiqa sabab eshitish qobiliyatidan mahrum boʻlishi mumkin | |
1 milliardga yaqin yoshlar quloqchinlardan foydalanish, baland musiqa jarang sochadigan maskanlarga tez-tez borish tufayli eshitish qobiliyatidan mahrum boʻlishi mumkin. Bu haqida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlum qildi. Ekspertlar yoshlarni odatlar masalasida ehtiyotkor boʻlish, hukumat vakillari va ishlab chiqaruvchilarni eshitish qobiliyatini himoya qilish borasida kerakli choralarni koʻrishga chaqirgan. JSST umumiy hisobda 19 ming nafar (12 yoshdan 34 yoshgacha boʻlgan) koʻngilli ishtirok etgan 33 ta tadqiqot xulosalarini tahlil qilgan. Unga koʻra, yoshlarning eshitish qobiliyatiga 24 foiz holatda quloqchinlar orqali musiqa tinglash, 48 foiz holatda konsert hamda klublarga tez-tez tashrif buyurish sabab zarar yetgan. Mutaxassislar tadqiqotlar natijasida koʻlga kiritilgan maʼlumotlarni umumlashtirib, kelgusida 1 milliardga yaqin odam eshitish qobiliyatidan mahrum boʻlishi mumkinligini aytib oʻtdilar.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|